Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq sardori Serxio Buskets seshanba kuni kutilmaganda Joan Gamper nomidagi sport majmuasiga tashrif buyurdi. Diario Sport nashrining xabar berishicha, tashrifdan maqsad — klub yoshlar tizimida murabbiylik lavozimini egallash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish bo‘lgan.

Afsonaviy yarim himoyachi murabbiylik faoliyatini «Barsa Atletik» jamoasi murabbiylar shtabida boshlashni rejalashtirmoqda. U murabbiylik lisenziyasini olishdan oldin zarur amaliy tajribani orttirish uchun bosh murabbiy Juliano Belleti qo‘l ostida mehnat qiladi.

«Barselona» rahbariyati ushbu tashabbusni katta xayrixohlik bilan kutib oldi. Klub mutasaddilari Busketsning yuqori darajadagi taktik tushunchasi va jamoadagi obro‘sini yuqori baholab, uni «La Masiya»dan yetishib chiqayotgan yosh iste’dodlar uchun muhim ustoz deb hisoblashmoqda.

Ma’lumot uchun, Serxio Buskets yaqindagina Nyu-Yorkdan qaytib kelgan edi. U yerda sobiq futbolchi Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 finalidagi g‘alabasini bevosita stadiondan kuzatgan. Tajribali yarim himoyachi o‘zining murabbiylik faoliyatini boshlash uchun qadrdon klubini eng maqbul makon deb topdi.

Manba: Stadion.uz