«Barselona»ning yangi futbolchisi Karim Adeyemi La Liga tomonidan kutilmagan taqiqqa duch keldi. Jurnalist Karlos Monfortning xabar qilishicha, futbolchi kataloniyaliklar safida 27-raqamda o‘ynashni istagan, biroq unga ushbu raqamni tanlashga ruxsat berilmagan.

Gap shundaki, La Liga qoidalariga ko‘ra, asosiy jamoa o‘yinchilari faqat 1 dan 25 gacha bo‘lgan raqamlarni olishlari mumkin. 25 dan yuqori bo‘lgan raqamlar esa faqat yoshlar jamoasi futbolchilari uchun ajratilgan.

Shu tariqa, Adeyemi o‘zining sevimli raqamidan voz kechishi va boshqa raqam tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Stadion.uz