Manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, Ispaniyaning «Barselona» klubi 27 yoshli himoyachi Ronald Arauxo bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ta’kidlanishicha, agar futbolchining o‘zi jamoadan ketishni istasa va manfaatli taklif tushsa, kataloniyaliklar himoyachini qo‘yib yuboradi. Avvalroq Madridning «Atletiko» klubi Arauxo bilan shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.

O‘tgan mavsumda urugvaylik himoyachi klub safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi. Arauxo barcha turnirlarni inobatga olganda o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Manba: Stadion.uz