Ispaniyaning «Barselona» klubi rasmiy saytida Germaniyaning «Borussiya» Dortmund jamoasi hujumchisi Karim Adeyemi o‘tganini ma’lum qildi.
«Barselona» va Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchi Karim Adeyemi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi kataloniyaliklar bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
2002 yil 18 yanvarda Myunxenda nigeriyalik va ruminiyalik oilada dunyoga kelgan Adeyemi «Barselona» tarkibiga hayajonli va universal hujum potensialini olib kiradi. O‘z faoliyati davomida u qanotlarda ham, hujum markazida ham o‘ynash qobiliyatini namoyish etib, inangilmas tezlikni kuchli chap oyoq zarbasi bilan uyg‘unlashtira oldi», — deyiladi klub xabarida.
Germaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 24 yoshli Karim Adeyemi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 9 ta o‘yin, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0