“Barselona” hujumchisi Ferran Torres faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Futbolchiga Yevropaning top-klublari tomonidan qiziqish ortmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike ispaniyalik hujumchi bilan shaxsan bog‘lanib, unga Parij klubining kelajakdagi loyihasini va jamoadagi o‘rnini tushuntirib bergan.
Shu bilan birga, Torresning atrofidagi vaziyatni Madridning “Atletiko” klubi ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Madridliklar futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0