Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jarohatdan so‘ng tiklanishning yakuniy bosqichiga qadam qo‘ydi va maydonga qaytishga yaqinlashmoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum oxirida o‘ng oyoq kaft suyagi singanidan so‘ng muvaffaqiyatli tiklanmoqda va endi Xans-Diter Flik jamoasi bilan Angliyadagi mavsumoldi yig‘iniga yo‘l olishdan umidvor.

Jarohat sababli Ispaniya terma jamoasi a’zosi JCH-2026 ni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Lopes 2023 yildan beri «Barselona»da o‘ynab kelmoqda va u bilan amaldagi shartnoma 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz