«Barselona»ning yangi hujumchisi Karim Adeyemi nima uchun aynan Kataloniya klubi taklifini qabul qilgani va transferdan ko‘zlagan asosiy maqsadlari haqida gapirib berdi.
— Nega aynan «Barselona»ni tanladingiz?
«Men uchun eng muhimi — «Barselona» meni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagani bo‘ldi. Dunyoning eng buyuk klublaridan biri sizga qiziqish bildirsa, bunday imkoniyatni rad etish juda qiyin.
Bu faoliyatimdagi juda muhim qadam. Men o‘sishda davom etishni, eng yuqori saviyada o‘ynashni va «Barselona» bilan birga sovrinlar yutishni istayman. Aynan shu sababli shunday qarorga keldim», — deydi germaniyalik futbolchi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0