Mashhur futbol agenti Jorje Mendesh «Barselona» rahbariyati bilan muhim transfer masalalarini muhokama qilish uchun Kataloniya poytaxtiga tashrif buyurdi. Klub yangi mavsum oldidan bir nechta muhim kelishuvlarni yakunlashni maqsad qilgan.
SPORT nashri xabariga ko‘ra, Mendesh shaharga qo‘ngach, «Barselona» sport direktori Deku hamda klub prezidenti maslahatchisi Alexandro Echevarriya bilan uchrashgan. Muzokaralarda klub prezidenti Joan Laportaning ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Agentning Barselonaga tashrifidan asosiy maqsad germaniyalik hujumchi Karim Adeyemining rasmiy taqdimot marosimida ishtirok etish bo‘lsa-da, tomonlar kun tartibidagi boshqa qator masalalarni ham ko‘rib chiqishmoqda.
Xususan, Mendesh mijozlari hisoblangan Mark Kasadoning klubdagi mavhum kelajaki hamda Joau Kanseluning «Barselona»ga to‘liq asosda qaytishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0