"Barselona"ning sobiq yulduzi Dani Alves Xosep Gvardiolani o‘z faoliyatidagi eng buyuk murabbiy deb biladi. Kataloniya gigantida birga faoliyat olib vaqtlarida klub Yevropada tengsiz edi.
"Uning qo‘l ostida men butunlay boshqacha futbol o‘ynashni o‘rgandim, bu yerda har kim o‘z maydoni uchun javobgar edi. Men kamroq charchardim, ba’zan o‘yinlar paytida hatto terlamasdim ham. Himoyada qancha kam kuch sarflasam, hujumda shunchalik o‘tkir edim", - dedi Alves.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2022 yilda Dani Alves qisqa vaqt ichida Kataloniya klubiga qaytdi, ammo keyinchalik zo‘rlash bilan bog‘liq jinoiy ish bilan o‘ralashib qoldi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0