Ispaniya malikasi Leonor Ferran Torresga 2026-yilgi Jahon chempionatidan oldin bergan va’dasini eslatdi.
Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnirda g‘alaba qozondi. Ferran 106-daqiqada g‘alaba golini urdi. Kubokni qo‘lga kiritgandan so‘ng, ispan futbolchilarini Filipp VI va qirollik oilasining boshqa a’zolari kutib olishdi.
Qirollik oilasi matbuot xizmati keyinchalik tadbirdan ba’zi kadrlarni e’lon qildi. Videoda malika Leonor Torresni kutib olib, tabassum bilan: “Sochingni kalga oldirishing kerakmasmidi?” deb so‘ragan lahzasi tasvirlangan. Hujumchi: “Yo‘q, yo‘q”, deb javob berdi.
Turnirdan oldin futbolchi jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritsa, sochini kalga oldirish haqida va’da bergan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0