Avvalroq «Barselona» yangi hujumchi transferidan voz kechishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Murabbiylar shtabi Lamin Yamalni «soxta to‘qqizlik» sifatida ishlatmoqchi edi.
Biroq kataloniyaliklar ushbu taktik variantni inkor etishdi. Bu haqda El Pais nashri yozmoqda. Ispaniya grandi Yamalni yangi o‘yinchi bilan birlashtirish niyatida qat’iy turibdi.
«Ko‘k-anorranglilar» hamon yangi hujumchi xarid qilishni maqsad qilishgan. «Barselona» uchun asosiy va ustuvor variant sifatida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares qolmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0