Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Alexandro Balde mushaklardagi noqulaylik sabab jamoaning umumiy guruhidan alohida tarzda mashg‘ulot olib bormoqda.

AS nashrining xabar berishicha, klub tibbiy shtabi va rahbariyati futbolchining salomatligi borasida hech qanday xavotirga tushayotgani yo‘q. Vaziyat to‘liq nazorat ostida ekani aytilmoqda.

Kutilishicha, Balde yaqin kunlarda jamoa bilan birgalikda Angliyada o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga yo‘l oladi hamda Ispaniya La Ligasining birinchi turiga qadar to‘liq safga qaytadi.

Manba: Stadion.uz