Kataloniyaning «Barselona» klubi portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni to‘liq sotib olish borasidagi transferni yakunlashga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Barselona» futbolchining to‘liq transferini jamoaning Angliyadagi mavsum oldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlanganidan so‘ng rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik 32 yoshli himoyachi klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon to‘liq kelishib olgan va faqatgina «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda. Hozirda Kataloniya klubi qolgan ba’zi soliq masalalarini hal qilgach, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan bitimning so‘nggi tafsilotlarini o‘zaro muvofiqlashtirib olishi qolgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0