«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, «shaharliklar»ning Bernalga bo‘lgan qiziqishi Rodri jamoani tark etgan taqdirda uning o‘rnini bosish zarurati bilan bog‘liq. APLning boshqa klublari ham havbekning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Bernal «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0