«Barselona» va Niderlandiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong tizzasining ichki yon bog‘lami uzilgani sababli, agar operasiyaga rozi bo‘lsa, 5–6 oy maydondan chetda qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Reshad Rahman X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda «Barselona» klubida operasiya varianti ko‘rib chiqilmayapti. De Yong yangi davolanish kursini o‘tamoqda va shu tufayli u bir necha oy emas, balki bir necha haftaga safdan chiqishi mumkin.
Futbolchi ushbu jarohatni 2026 yilgi jahon chempionati davomida olgan.
O‘tgan mavsumda de Yong barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga teng.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0