Score 90 nashri 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatda “Real” hujumchisi Kilian Mbappe hamon yetakchilik qilmoqda. “Barselona” vingeri Lamin Yamal esa reytingda ko‘tarilib, ikkinchi pog‘onani band etdi. O‘z navbatida, “Bavariya” a’zosi Harri Keyn uchinchi o‘ringa tushgan. “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Rodri esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Erling Holand yakunlagan.

Kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Kilian Mbappe (“Real”)
2. Lamin Yamal (“Barselona”)
3. Harri Keyn (“Bavariya”)
4. Rodri (“Manchester Siti”)
5. Erling Holand (“Manchester Siti”)



Ma’lumot uchun, ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi “PSJ” futbolchisi Usmon Dembele hisoblanadi. “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi shu yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz