Misrning «Al-Ahli» klubi «Barselona» bilan Joan Gamper kubogi doirasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi.

Uchrashuv 19 avgust kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. U yangi mavsum boshlanishi oldidan «Barselona» tarkibining an’anaviy taqdimot marosimining bir qismiga aylanadi.

«Al-Ahli» Joan Gamper kubogida ishtirok etish uchun taklif qilingan Afrika va arab dunyosining birinchi klubi bo‘ladi. Ilgari ushbu musobaqada faqat Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika jamoalari ishtirok etgan.

O‘yin Misr klubining yosh hujumchisi Hamza Abdelkarimning ijara muddati tugagach, «Barselona»ga to‘liq asosda ko‘chib o‘tishi fonida bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz