«Barselona» keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Juma kuni Xans-Diter Flik jamoasi yozgi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. «Ko‘k-anorranglilar»ga Barselonada joylashgan va Ispaniyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi «Evropa» jamoasi raqiblik qildi.
«Barselona» va «Evropa» o‘rtasidagi bahs yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Flik jamoasi 4:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi, bu haqda «ko‘k-anorranglilar»ning rasmiy saytida xabar berildi. Kataloniyaliklar gol mualliflari haqida ma’lumot berishmadi, ammo o‘yindan bir nechta fotosuratlarni e’lon qilishdi.
«Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 23 avgust kuni «Elche»ga qarshi o‘tkazadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0