Chilining «Kolo-Kolo» klubi Kabo-Verde terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Vozinyani o‘z futbolchisi sifatida ijtimoiy tarmoqlarda tanishtirdi.
Vozinya 2026 yilgi jahon chempionatida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ularning ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. «Kolo-Kolo»ga o‘tgunga qadar golkiperning oxirgi klubi Portugaliya ikkinchi divizionidagi «Shavish» bo‘lgan edi. O‘tgan mavsumda 40 yoshli darvozabon barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, shulardan 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 500 ming yevroni tashkil etadi.
Kabo-Verde terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi va 1/16 finalda Argentinaga (2:3) imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
/i/p/u/1784964193475498088.jpg)
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0