Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo  «Leypsig»ning qanot hujumchisi Yan Diomande nomzodini «qaymoqranglilar»ning asosiy transfer maqsadi sifatida ma’qulladi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaning xabar qilishicha, portugaliyalik mutaxassis «Real» rahbariyatiga hujum chizig‘ida «yanada ko‘proq tezlik» va yangi kuchlar zarurligini shama qilgan.

Oldinroq Bild nashri Ispaniya grandi 19 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

O‘tgan mavsumda Diomande barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz