Braziliyaning «Flamengo» klubi Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi hujumchisi Luis Enrikeni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi, ammo rad javobini oldi. «Qizil-qoralar» futbolchini sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi edi.
RTI Esporte xabariga ko‘ra, «ko‘k-oq-havoranglilar»ga taklif qilingan shartlar ma’qul kelmagan. Rossiya chempioni Enrikening faqat to‘liq transferini 40 million yevro evaziga ko‘rib chiqishga tayyor. «Flamengo» esa Braziliya terma jamoasi a’zosining transferi uchun ko‘pi bilan 20 million yevro ajratishga rozi.
Rossiya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida 25 yoshli hujumchi 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. Luis o‘z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0