«Milan»ga tegishli bo‘lgan portugaliyalik hujumchi Rafael Leau faoliyatini Istanbulning «Fenerbahche» klubida davom ettirish variantiga to‘liq ishonch bildirmayapti. Bu haqda Milan News jurnalistlari xabar bermoqda.

Vingerning o‘tish borasida ikkilanishiga Turkiya grandining UYEFA Chempionlar Ligasi asosiy bosqichida ishtirok etishi so‘roq ostida turgani sabab bo‘lmoqda. Jamoa ayni vaqtda ushbu nufuzli musobaqaning saralash bosqichida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Leau Saudiya Arabistoni chempionatidan tushgan bir nechta taklifni rad etgani ta’kidlanmoqda.

27 yoshli portugaliyalik futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Uning milanliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Manba: Stadion.uz