Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Angliya — Argentina (1:2) uchrashuvini boshqargan bosh hakam Ismail Elfatning kamerasiga tushib qolgan yangi videolarni e’lon qildi.

Unda Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘yindan keyin hakamga murojaati aks etgan.

Ayrim vaziyatlar dahshatli edi, lekin sizga baribir eng yaxshi tilaklarni tilayman, — dedi Bellingem hakamga.

Jahon chempionatida angliyalik yarim himoyachi sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Angliya terma jamoasi jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Tomas Tuxel shogirdlari Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Manba: Stadion.uz