"Manchester Siti" "Chelsi"ning qanot hujumchisi Pedru Netuni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Shaharliklar"ning amaldagi bosh murabbiyi Enso Mareska "ko‘klar"ni boshqargan paytida portugaliyalik vinger bilan birga ishlagan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar beradi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Manchester jamoasi Netuni hali u 2024 yilning yozida "Chelsi"ga o‘tguniga qadar ham sotib olmoqchi bo‘lgan.
"Manchester Siti", shuningdek, "Pari Sen-Jermen"dan qanot hujumchisi Ibragim Mbaye va "RB Leypsig"dan Yan Diomandeni transfer qilish imkoniyatlarini ham o‘rgangan. Ta’kidlanishicha, "shaharliklar" "Tottenxem" bilan muzokara olib borayotgan vinger Savinyoga o‘rinbosar topmoqchi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0