Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya faoliyatini "Kolo-Kolo"da davom ettiradi.

40 yoshli futbolchi Chili klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

Tegishli hujjatlar, katta ehtimol bilan, shu dam olish kunlarida imzolanadi, shundan so‘ng Vozinya tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

So‘nggi ikki yil davomida golkiper Portugaliyaning "Shavesh" klubida o‘ynadi va shu yozda jamoani tark etdi.

Manba: Stadion.uz