Markaziy yarim himoyachi Elliot Anderson yaqinda «Manchester Siti» safiga borib qo‘shildi. «Shaharliklar»ning qimmatbaho yangi xaridi klub bosh murabbiyi Enso Mareska haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Angliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u italiyalik mutaxassis bilan birga ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqda.

«Men buni intiqlik bilan kutyapman. So‘nggi bir necha yil davomida uning jamoalarini kuzatib bordim va «Chelsi»ning bir qancha yigitlari bilan gaplashdim — ularning barchasi murabbiyni juda yuqori baholashadi», — deydi Andersonning so‘zlarini ESPN.

Mareska bu yozda «Manchester Siti»da 10 yil davomida faoliyat yuritgan Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallab, jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Bungacha 46 yoshli italiyalik mutaxassis «Chelsi» va «Lester» klublarini boshqargan, shuningdek, bir qancha klublarda bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Manba: Stadion.uz