«RB Leypsig»ning hujumkor yarim himoyachisi Yan Diomande faoliyatini Ispaniya chempionatining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berilgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli ivuarlik vinger Madridning «Real» klubiga o‘tishga tayyor. Tomonlar o‘rtasida shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha ijobiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Madrid grandi tez orada futbolchi bo‘yicha yangi taklif bilan qaytadi. Avvalroq Germaniya tomoni 100 million yevrolik summani rad etgan edi.
Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Yan 33 ta uchrashuv o‘tkazdi. Vinger o‘z hisobiga 12 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0