Madridning «Real» klubi Germaniyaning «RB Leypsig» klubiga tegishli bo‘lgan ivuarlik vinger Yan Diomande bilan hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «qirollik» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 19 yoshli afrikalik futbolchining ehtimoliy transferini ma’qullagan. Diomande «qaymoqranglilar»ning asosiy nishoniga aylandi.

«The Special One» «Real» rahbariyatiga hujumning qanotlarida ko‘proq tezlik kerakligini tushuntirib o‘tgan.

Diomande o‘tgan yilning yozidan beri «buqalar» safida to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ivuarlik futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz