Koreyalik yarim himoyachi Li Kan In Fransiyaning «PSJ» klubini tark etdi va Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tdi. 25 yoshli havbek Madridning «Atletiko» klubi futbolchisiga aylandi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
Osiyolik futbolchi «matraschilar» bilan 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Avvalroq matbuotda bitim summasi 35 million yevroni tashkil etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida Li Kan In Parij jamoasi safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Koreyalik futbolchi o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachi hisobida 3 ta sariq kartochka ham bor.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0