Milanning «Inter» klubi Argentina terma jamoasi va Londonning «Tottenhem» klubi markaziy himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagan.

Insayder Djanluidji Longarining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, ehtimoliy bitim bo‘yicha klublar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. «Neradzurri» rahbariyati 28 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 40 million yevro to‘lashga tayyor.

Romero 2022 yilning avgustidan beri London jamoasida to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari argentinalik futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz