35 yoshli belgiyalik havbek Kevin de Bryoyne 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan mehnat shartnomasiga qaramay, shu yozda «Napoli»ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, futbolchining Neapol jamoasidagi hozirgi mavqei sababli tomonlar hamkorlikni to‘xtatishi mumkin. De Bryoyne «Napoli»ning asosiy o‘yinchisi hisoblanmaydi.

Italiya A Seriyasining o‘tgan mavsumida belgiyalik futbolchi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachining transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz