Kolumbiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Luis Dias Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan birining manfaatlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Djanluidji Longarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berilgan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Al-Hilol» rahbariyati kolumbiyalik yulduzning transferini amalga oshirishni orzu qilmoqda. Avvalroq Saudiya klubi niderlandiyalik vinger Krisensio Sammervill bilan kuchaygan edi.
Bundesliganing o‘tgan mavsumida 29 yoshli Dias 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kolumbiyalik futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0