«Jirona»ning ukrainalik yarim himoyachisi Viktor Sigankov Ispaniyaning boshqa klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli havbek transferiga «Valensiya» qiziqish bildirmoqda. «Jirona» Sigankovning sotuvidan taxminan 10 million yevro ishlab olmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi keyingi yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Avvalroq matbuotda Viktorga Amsterdamning «Ayaks» va Kataloniyaning «Espanyol» klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.

2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi «Jirona» safida 34 ta uchrashuv o‘tkazdi. U 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz