«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson ayni vaqtda Italiyaning «Napoli» klubida to‘p surayotgan «shaharliklar»ning sobiq futbolchisi Kevin de Bryoyne haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men bu haqda avval ham aytganman. Kevin de Bryoyne so‘nggi 7-8 yil davomida men o‘zimga o‘rnak deb bilgan futbolchidir. Men unga o‘xshashni xohlardim. Uning ishtirokidagi «Manchester Siti» o‘yinlarini juda ko‘p tomosha qilganman», — deydi futbolchining so‘zlarini ESPN.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 23 yoshli havbek uchun 135 million yevro to‘lagan.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Anderson 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi, shuningdek 8 ta sariq kartochka oldi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0