Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan mashhur zargar, Jacob & Co brendining asoschisi Jeykob Arabo portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Arabo “An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi o‘yinchisiga qahrabo rangidagi soat sovg‘a qildi.

“Bu noyob rang — to‘q sariq rangdagi qahrabo. Bu juda ajoyib”, dedi Arabo.

Bunga javoban Ronaldu o‘z kolleksiyasida xuddi shu rangdagi Bugatti borligini ta’kidladi.

“Menda deyarli xuddi shu rangdagi Bugatti bor”, dedi portugaliyalik. Arabo esa buni ilgari bilmaganini ta’kidladi.

Krishtianu Ronalduga sovg‘a qilingan mazkur soat Caviar Tourbillon turkumidan bo‘lib, to‘q sariq sapfir toshlari bilan bezatilgan. Uning narxi taxminan 1,3 million dollarni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz