Superog‘ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF valkalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni, britansiyalik Tayson Fyuri Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida 46 yoshli polshalik Mariush Vaxga qarshi jang olib borib, g‘alaba qozondi.
Jang 7-raunddan so‘ng muddatidan oldin yakunlandi. Vaxning sekundantlari bokschini jangni davom ettirish uchun ringga chiqarmaslikka qaror qilishdi, natijada Fyuriga texnik nokaut evaziga g‘alaba berildi.
Tayson Fyuri 37 yoshda. «Lo‘lilar qiroli» (Gypsy King) professional boksdagi debiyutini 2008 yilning dekabrida o‘tkazgan. Polsha vakili Mariush Vax esa 46 yoshda bo‘lib, u professional ringda ilk bor 2005 yilning aprel oyida maydonga tushgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0