«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «shaharliklar»ga APL va UEFAning moliyaviy qoidalarini 115 ta modda bo‘yicha buzganlik ayblovi qo‘yilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Ayta olishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, uch yil avval, biz uchta sovrinni (trebl) qo‘lga kiritgan mavsumda men shu yerda edim va o‘shanda ham xuddi shu gaplarni aytishardi. Uch yil davomida hamma narsa o‘zgarishsiz qoldi: hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q. Shaxsan menda hech qanday xavotir yo‘q», — deydi Mareskaning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
«Manchester Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. «Shaharliklar» barcha ayblovlarni rad etmoqda va o‘z aybsizliklarini isbotlovchi dalillarga ega ekanliklarini ta’kidlamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0