«Tottenxem Hotspur» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jarohat olgan futbolchilar Deyan Kulushevski va Muhammad Kudusning hozirgi ahvoli haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Muhammad maydonga qaytishga juda yaqin. O‘ylashimcha, Londonga qaytganimizdan so‘ng u biz bilan mashg‘ulotlarni boshlay oladi. Bu juda ajoyib. Kudus — jamoa uchun muhim futbolchi. Kulushevskiga kelsak, yaqin ikki hafta ichida nima bo‘lishini kuzatishimiz kerak. Deyan ham biz uchun muhim o‘yinchi. U bir mavsumni birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan o‘tkazganidan so‘ng, avvalambor uning o‘zi uchun, so‘ng butun jamoa uchun tavakkal qilmasdan vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishimiz zarur», — dedi De Zerbi «shporlar»ning rasmiy saytiga.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0