«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Madridning «Real» klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Hozirda JCH-2026 g‘olibi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi «qirollik klubi»ning «shaharliklar» bilan transfer bo‘yicha kelishishini kutmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Avvalroq matbuotda Rodri «Manchester Siti» rahbariyatini Madrid grandiga o‘tish istagi borligi haqida xabardor qilgani aytilgan edi.
O‘tgan mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0