Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Vilyam Gallas Jon Stounsning «Chelsi»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Mish-mishlarga ko‘ra, London klubi hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turgan Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

«Unda katta tajriba bor. U APLda g‘olib chiqqan, Chempionlar ligasida zafar quchgan. Shuning uchun ham hozirgi vaziyatda bu eng yaxshi variant. Aksincha bo‘lgan taqdirda, bitta himoyachi uchun juda ko‘p pul sarflashga to‘g‘ri keladi va u Premyer-ligaga moslashib keta olishiga to‘liq ishonch bo‘lmaydi», — deydi Gallasning so‘zlarini iPredicta.

32 yoshli Stouns yaqinda shartnoma muddati tugagani sababli «Manchester Siti»ni tark etdi. O‘tgan mavsumda himoyachi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, mahsuldor harakatlari bilan ajralib turmadi.

Manba: Stadion.uz