Superog‘ir vazn toifasida boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni hamda Xalqaro boks shon-sharaf zali a’zosi, 59 yoshli amerikalik Mayk Tayson tarixdagi eng buyuk futbolchi kimligini aytdi.

— Yaqinda JCH finalida bo‘ldingiz va Lionel Messi nomi tushirilgan libosni kiydingiz. Shuningdek, Diyego Maradona bilan ham munosabatingiz bor edi, hatto bir safar uni quchoqlagandingiz. Shundan kelib chiqib so‘rash o‘rinli: eng buyugi kim — Messimi yoki Maradona?

— Men hamisha Maradonami tarixdagi eng buyuk o‘yinchi deb hisoblayman. Lekin uning eng buyukligi Messining buyuk emasligini anglatmaydi. Men Maradonami taniyman, ammo Messini yaxshi bilmayman. Men Messini hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman. Lekin uni Maradonani bilganimdek bilmayman. U ajoyib inson edi. Maradona men uchun akaday bo‘lib qolgandi. Messi buni to‘g‘ri tushunadi, — deydi Tayson.

Manba: Stadion.uz