«Manchester Siti» sport direktori Ugu Viana O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.
«Abduqodir Angliyaga kelganidan buyon erishgan taraqqiyotidan juda mamnunmiz va katta taassurot oldik. Biz uning nafaqat ajoyib yosh inson, balki yuqori saviyali himoyachiga aylanayotganini ko‘ryapmiz. Ammo bilamizki, bu hali boshlanishi, xolos.
Uning jismoniy va texnik salohiyati eng yuqori darajada. Jahon darajasidagi markaziy himoyachi bo‘lishi uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud.
U atigi 22 yoshda va eng yaxshi yillari hali oldinda. Uning yanada rivojlanish imkoniyati hammaga yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham uning “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolaganidan juda xursandmiz va u yaqin yillarda Enso Mareskaning rejalarida muhim o‘rin tutishiga ishonamiz», — dedi Viana «shaharliklar» rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» bilan Abduqodir Husanov o‘rtasidagi yangi shartnoma 2031 yil yoziga qadar amal qiladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0