«Yuventus»ning markaziy hujumchisi Loi Openda faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi. Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, belgiyalik forvard 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida «Lion» futbolchisiga aylanadi. Ijara shartnomasida uni to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutiladi.
Openda «Yuventus» bilan shu yozda to‘liq shartnoma imzolagan edi. Bungacha belgiyalik futbolchi Turin klubi sharafini Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan ijaraga olingan holda himoya qilayotgandi. Nufuzli Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchini 25 million yevrga baholamoqda.
Italiya klubi tarkibida Openda barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0