Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Braziliyalik futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, «kanonirlar» tomonidan ko‘rsatilayotgan qiziqish hozircha dastlabki bosqichda turibdi. Klub rahbariyati ayni damda Vinisiusni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Shu bilan birga, bu g‘oya Angliyaning amaldagi chempioni rahbariyati tomonidan barcha darajalarda ma’qullangani aytilmoqda.
Voqealarning keyingi rivoji «Real» va hujumchi o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar qanday kechishiga bog‘liq. Uning amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil vaqt qolgan.
Vinisius 2018 yildan beri «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi vingerining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0