Madridning «Real» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Shu haftada «qirollik klubi» vakillari transfer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Germaniyaga jo‘nab ketishdi. «Real» futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qildi va o‘yinchining o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Diomandega «PSJ» tomonidan ham qiziqish saqlanib qolmoqda, biroq parijliklar hozircha «Leypsig» bilan transfer summasi bo‘yicha bir qarorga kela olishgani yo‘q. Yaqindagina ushbu transfer shartlari bilan qiziqqan «Manchester Siti» va «Arsenal» esa ayni damda muzokaralarda ishtirok etmayapti.

Manba: Stadion.uz