"Manchester Siti" Pep Gvardiola xonasidagi buyumlarni xayriya auksioniga qo‘ydi.
"Pep vidolashuvi" kolleksiyasida 25 ta buyum bor, ularning haqiqiyligi klub tomonidan tasdiqlangan. Muxlislar murabbiyning ofis kreslosi, hushtak, kofe stakanlari, stol chiroqchasi, xushbo‘y tutatqilar to‘plami, mashg‘ulot kiyimlari va taktik yozuvlar yozilgan daftarlarni sotib olishlari mumkin.
Eng qimmat lot Erling Haalandning Premyer-ligadagi 100-golini kiritgan to‘p bo‘lib qolmoqda. Unga taklif 10 000 funt sterlingga yaqinlashdi. Gvardiolaning kurtkasi 3600 funt sterlingdan, stol kreslosi 2100 funt sterlingdan, tutatqi tayoqchalari to‘plami 1300 funt sterlingdan, taktik yozuvlar va ruchkalar to‘plami 1100 funt sterlingdan ortiqqa baholanmoqda.
Shuningdek, murabbiy stolidan kichik haykalchalar va esdalik buyumlari, uning ofisining devorlariga osilgan fotosuratlar va Gvardiolaning murabbiy sifatidagi so‘nggi uy o‘yinidan olingan darvoza to‘rlarining parchalari kim oshdi savdosiga qo‘yilgan.
Barcha mablag‘ bolalar va kattalarga futbol dasturlari orqali yordam beradigan City in the Community xayriya tashkilotiga o‘tkaziladi. Gvardiola klubdagi o‘n mavsumdan so‘ng shu yil yozda "Manchester Siti"ni tark etdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0