Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu braziliyalik vinger Vinisius Juniorning yozgi transfer oynasida jamoani tark etishiga qarshi ekanini bildirdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» rahbariyatiga Vinisiusni jamoada saqlab qolishni istayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Vinisiusga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Braziliyalik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Vinisius 2018 yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million yevroga baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz