"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Bruno Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi rahbariyati Luchano Spalletti jamoasining texnik darajasini yaxshilashni istaydi, deb xabar beradi Sauth Offside.
Manbaga ko‘ra, "Yuventus" 31 yoshli futbolchining transferini o‘z vakillari bilan muhokama qilgan. Ta’kidlanishicha, "qizil iblislar" Fernandesh uchun 50-75 million yevro talab qilishi mumkin, "Yuventus" esa buncha mablag‘ to‘lashga tayyor emas.
Yarim himoyachi 2020 yil yanvaridan beri "mankunianliklar" safida o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urgan va 22 ta golli uzatma bergan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0