Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Ayni paytda «Dinamo» stadionida VAR uskunalarini o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolini xalqaro standartlarga yanada muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Manba: Stadion.uz