Iyul oyi o‘rtalarida darvozabon Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»dan «Ayaks»ga ijara asosida o‘tishga juda yaqin turgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq 34 yoshli futbolchining transfer bitimi haligacha yakunlangani yo‘q.

The Touchline nashrining mashhur jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, ter Shtegenning o‘tishi maosh taqsimoti va soliq masalalari sababli to‘xtab qolgan. Kelishuv yaqin kunlarda rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mark-Andre ter Shtegen 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini «Jirona»da ijarada o‘tkazgan, ammo olgan jarohati sababli ushbu jamoa safida deyarli maydonga tushmagan edi.

Manba: Stadion.uz